Endros Taunsend "Xall Siti"ga qarshi o'yinda hushini yo'qotdi

Narzulla Saydullayev
28 okt 2013
"Tottenxem" yarim himoyachisi Endros Taunsend APL 9-turida "Xall Siti"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Sky Sports".
O'yin vaqtida raqib bilan kurashdan so'ng u reklama shitidan o'tib uni ortiga yiqildi va videooperatorni ham urib yubordi. Shundan so'ng Taunsend biroz muddat hushini yo'qotdi va tezda o'ziga keldi. Kechagi o'yinni oxiriga etkazib qo'ygan Taunsend endi tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net