Eldor Shomurodov: “Hujumkor o'yin ko'rsatib, uch ochko olishga harakat qilamiz”

Narzulla Saydullayev
23 apr 2016, 13:08
Oliy liga 6-turi doirasidagi “Obod” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan “qaldirg'ochlar” hujumchisi Eldor Shomurodovning o'yinoldi fikrlari bilan qiziqdik.

- “Obod” jamoasi oliy ligada endi birinchi mavsumini o'tkazayotgan bo'lsa-da, ko'pchilikda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Bu klubni bizga noqulay raqib deya olmayman. Shunchaki, hozircha kubok doirasida ro'baro' keldik. Bilasiz, kubok uchrashuvlarida g'olib ikkita uchrashuv natijasiga ko'ra aniqlanadi. Bugungi uchrashuv esa chempionatniki. Shunday ekan, oliy liga o'yinlarining har birida g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Bugun hujumkor o'yin ko'rsatamiz va uch ochko olish uchun bor kuchimizni beramiz, - deydi Eldor Shomurodov.

"Bunyodkor" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia