

- O'yin haqida fikringiz?
- Bahsni yaxshi boshladik va to'p nazorati ham jamoamiz tomonida edi. Afsuski, darvozabonimiz yo'l qo'ygan xatodan so'ng o'yin ssenariysi o'zgarib ketdi. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglab gol urishga muvaffaq bo'ldik. Hisobni tenglashtirganimiz bilan ushlab qola olmadik va to'p o'tkazib mag'lub bo'ldik.
- Bugun Abduvohid Oxtoev bilan Maqsudxo'ja A'loxo'jaev asosiy tarkibda harakat qilishdi. Oxtoev ko'p bor o'zini ko'rsatgan bo'lsa, Maqsudxo'ja unchalik ko'zga tashlanmadi. Shu haqda fikringiz?
- Endi Maqsudxo'ja himoyachi, shu bois o'z harakatlari bilan ko'zga tashlanmasligi mumkin. Chunki u asosan qora ish bilan mashg'ul bo'ladi. Oxtoev hujumkor o'yinchi bo'lgani uchun tez ko'zga tashlanadi. Jamoamizda o'zgarishlar bo'ldi, yangilar kirishib ketishi uchun vaqt kerak. Jamoamizga chidamlilik etmayapti, buning ustida ish olib boramiz.
- Jamoani tark etganlar haqida ham ma'lumot bersangiz.
- Biz futbolchilar uchun tramplin vazifani bajarishga harakat qilyapmiz. Rahmatov va Toshkenboev "Nasaf"ga, Elbek Otaqulov "Qizilqum"ga, shuningdek bir o'yinchimiz "Sho'rtan"ga ketdi. Biz rahbariyat bilan kelishgan holda yigitlar kelajagini o'ylab qo'yib yubordik. Chunki biz ham futbolchilar o'sishini xohlaymiz. O'ylashimcha, yangi qo'shilganlar ham yomon emas, faqat ularni jismoniy tomondan tayyorlab olsak bo'lgani.



