

Bu bayonot mamlakatda narkokartellar va qurolli kuchlar o'rtasidagi to'qnashuvlar avj olgan bir paytda yangradi.
Vaziyat nega keskinlashdi?
O'tgan yakshanba kuni Meksika Qurolli kuchlari tomonidan o'tkazilgan maxsus operaciya natijasida eng yirik "Xalisko yangi avlodi" (CJNG) narkokarteli yetakchisi Nemesio Osegera (laqabi - El Mencho) o'ldirildi. Shundan so'ng bir nechta shtatlarda tartibsizliklar boshlanib, jangarilar va harbiylar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar sodir bo'ldi.
Prezidentning vadasi:
Seshanba kuni Klaudiya Sheynbaum JCH-2026 mezbonligi bo'yicha barcha kafolatlar mavjudligini ta'kidladi:
"Jahon chempionati o'yinlarini qabul qilish uchun bizda barcha kafolatlar bor. Musobaqaga tashrif buyuradigan muxlislar uchun hech qanday xavf ko'rmayapman", - dedi Meksika rahbari.
Ma'lumot uchun:
JCH-2026 turniri 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Meksika va Kanada stadionlarida bo'lib o'tadi. Meksikada o'yinlar Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Qizig'i shundaki, Gvadalaxara aynan tartibsizliklar markazi bo'lgan Xalisko shtatining poytaxti hisoblanadi.



