Meksika Eronning JCH-2026dagi o'yinlarini qabul qilishga tayyor. Bu haqda mamlakat prezidenti ma'lum qildi

Administrator
17 mar 2026
Meksika prezidenti mamlakat Eronning JCH-2026 dagi o'yinlarini qabul qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Eronning JCH-2026 dagi o'yinlarini mamlakatga ko'chirish ehtimoli muammo tug'dirmasligini aytdi. Avvalroq, Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj o'z terma jamoasining JCH-2026 dagi o'yinlarini AQSHdan Meksikaga ko'chirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi. FIFA esa turnirning barcha o'yinlari avval e'lon qilingan jadvalga muvofiq o'tishini kutmoqda.

– Meksikaning jahon chempionatida Eron o'yinlariga mezbonlik qilishi uchun sharoit bormi?

– Bu masala ko'rib chiqilmoqda, vaqti kelganda sizga xabar beramiz. Meksika dunyoning barcha mamlakatlari bilan aloqalarni qo'llab-quvvatlaydi. FIFA qanday qaror qabul qilishini ko'raylikchi, shundan so'ng yangilangan ma'lumotlarni taqdim etamiz.

– Demak, Meksika uchun bu muammo emas, shunchaki FIFAdagi logistika masalasi, shundaymi?

– Ha, - dedi Sheynbaum.


AdministratorMuallif
Manba: El Universal