

"Barselona", "Real", "Valensiya" va "Betis" ushbu bosqichgacha yetib kelishdi. Birinchi uchrashuvlar 6 fevral, javob o'yinlari esa 27 fevral kuni o'tkaziladi.
Qur'a natijalari
"Betis" - "Valensiya"

"Real" - "Barselona"

Eslatib o'tamiz, muxlislar 4 kun ichida 2ta "El-Klassiko" guvohi bo'lishadi. 27 fevral kuni yarim finalning javob o'yini bo'ladi, 2 mart kuni esa "Real" va "Barselona" LaLiganing 26-tur uchrashuvi doirasida bahs yuritishadi.



