YCHL. Pley-offga qur'a tashlandi. MYU Belgiyaga, SSKA Portugaliyaga boradi

Narzulla Saydullayev
7 avg 2015, 15:05
Non shahrida Yevropa chempionlar ligasi pley-off bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tmoqda.
Chempionlar yo'lida Qozog'istonning "Astana" klubi Kiprning APOEL klubiga qarshi o'ynaydigan bo'ldi. BATE Serbiyaning "Partizan" klubiga qarshi kurashadi. "Seltik" "Malme" bilan kuch sinashadi.

Chempionlar bo'lmaganlar yo'lida "Manchester Yunayted" Belgiyaning "Bryugge" klubiga qarshi kurash olib boradi. SSKA Portugaliya vakili "Sporting" bilan o'ynaydi. "Lacio" - "Bayer" va "Valensiya" - "Monako" klublaridan ikkitasi musobaqasi shu bosqichda tark etadi. 

Juftliklarda g'olib chiqqanlar YCHL guruh bosqichiga, mag'lub bo'lganlar esa Yevropa ligasi guruh bosqichiga yo'l oladi.

Chempionlar yo'li

Astana (Qozog'iston) - APOEL (Kipr)
Skenderbeu (Albaniya) - Dinamo Zagreb (Xorvatiya)
Seltik (Shotlandiya) - Malme (Shvetsiya)
Bazel (Shveytsariya) - Makkabi Tel-Aviv (Isroil)
BATE (Belorussiya) - Partizan (Serbiya)

Chempion bo'lmaganlar yo'li
Lacio (Italiya)- Bayer (Germaniya)
Manchester Yunayted (Angliya) - Bryugge (Belgiya)
Sporting (Portugaliya) - SSKA (Rossiya)
Rapid (Avstriya) - Shaxter (Ukraina)
Valensiya (Ispaniya) - Monako (Fransiya)

Dastlabki o'yinlar 18 va 19 avgustda, javob uchrashuvlari esa – 25 va 26 avgustda bo'lib o'tadi. Juftliklarning 10ta g'olibi guruh bosqichiga yo'llanma olib bo'lgan 22ta klub safiga qo'shiladi.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia