

Shveytsariyaning Cyurix shahrida Yevropa chempionlar ligasining nimchorak final bosqichiga qur'a tashlay marosimi boshlanmoqda.
Yevropa chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo'l olgan jamoalar:
"A" guruhidan: "Arsenal" va PSJ.
"B" guruhidan: "Napoli" hamda "Benfika".
"C" guruhidan: "Barselona" va "Manchester Siti".
"D" guruhidan: "Atletiko", "Bavariya".
"E" guruhidan: "Monako", "Bayer".
"F" guruhidan: "Borussiya D", "Real".
"G" guruhidan: "Lester", "Portu".
"H" guruhidan: "Yuventus" va "Sevilya".
Eslatib o'tamiz, guruhda birinchi o'rinni egallagan jamoalar boshqa "kvartet"dagi ikkinchi o'rin sohiblari bilan uchrashishadi. Faqatgina nimchorak final qur'asida bir mamlakat jamoalari va bitta guruhdan o'rin olgan jamoalar o'zaro duch kelishmaydi.
16:05. UEFA kotibi Jorjio Marketti so'zga chiqdi va jamoalarga omad tilamoqda.
16:07. Marketti sahnaga Rud Gullitni taklif etdi. Zalga yig'ilgan barcha mehmonlar tabiiyki afsonaviy futbolchini qarsaklar bilan kutib olishdi. Gullit o'z fikrlari bilan o'rtoqlashmoqda.
Nimchorak final juftliklari:
1. "Manchester Siti" - "Monako"
2. "Real" - "Napoli"
3. "Benfika" - "Borussiya Dortmund"
4. "Bavariya" - "Arsenal"
5. "Portu" - "Yuventus"
6. "Bayer" - "Atletiko"
7. PSJ - "Barselona"
8. "Sevilya" - "Lester"

Nimchorak final o'yinlarining dastlabki bellashuvlari 14/15 va 21/22 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvlari esa 7/8 va 14/15 mart kunlari o'tkaziladi.



