

YCHL 2019/20 yilgi mavsum guruh bosqichiga to'g'ridan-to'g'ri chiqadiganlar ro'yxati:
• UEFA Yevropa Chempionlar ligasi g'olibi;
• UEFA Yevropa Ligasi g'olibi;
• Ispaniya, Angliya, Italiya va Germaniyaning eng yaxshi to'rtta jamoasi;
• Fransiya va Rossiyaning eng yaxshi ikkita jamoasi;
• Portugaliya, Ukraina, Belgiya va Turkiya chempionlari;

YCHL-2019/20 yilgi mavsumi guruh bosqichi ishtirokchilari ro'yxati:
Ispaniya: "Barselona", "Atletiko", "Real", "Valensiya"
Angliya: "Manchester Siti", "Liverpul", "Chelsi", "Tottenxem"
Italiya: "Yuventus", "Napoli", "Atalanta", "Inter"
Germaniya: "Bavariya", "Borussiya" Dortmund, "RB Leyptsig", "Bayer"
Fransiya: PSJ, "Lill", "Lion"
Rossiya: "Zenit", "Lokomotiv"
Portugaliya: "Benfika"
Ukraina: "Shaxter"
Belgiya: "Genk"
Turkiya: "Galatasaray"
Avstriya: "Zalcburg"
P.S. YCHL finaliga chiqqan "Liverpul" va "Tottenxem" jamoalari APL orqali kelasi mavsum uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani naqd qilganliklari tufayli Avstriya chempioni "Zalcburg" muddatidan avval YCHL guruh bosqichi masalasini hal etdi.
• Ispaniya chempioni ("Barselona"), Angliya chempioni ("Manchester Siti"), Italiya chempioni ("Yuventus"), Fransiya chempioni ("PSJ"), Rossiya chempioni ("Zenit") hamda YCHL g'olibi ("Liverpul") va Yevropa ligasi g'olibi ("Chelsi") YCHL guruh bosqichi qur'asida birinchi korzinkadan joy oladi.
• "Barselona" YCHL asosiy setkada 24-marotaba ishtirok etadi. Bu esa mutlaq rekord hisoblanadi. "Real" va "Portu"da kataloniyaliklarni bu borada quvib olish imkoniyati mavjud. "Yuventus" uchun YCHLning yangi mavsumi 20-ishtirokka aylanadi. Turinliklar bunday ko'rsatkichni qayd etgan oltinchi klub bo'ladi.
• Italiya A Seriyasining bronza medali sohibi "Atalanta" ilk bor Yevropa chempionlar ligasida, to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etadi. "Atalanta" avval xattoki musobaqaning kvalifikaciya raundiga ham chiqa olmagan.
Qolgan 6ta yo'llanma esa kvalifikaciya raundida o'ynaladi.



