Doston Hamdamov: "Qatarga qarshi bahs hujumlarga boy bo'ldi"

Aslanov Jasurbek
17 okt 2018, 12:43
"Anji" va O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Doston Hamdamov Qatarga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (2:0) haqida fikr bildirdi.

- Qatar bilan bahs biz uchun yaxshi o'tdi, muxlislarni hayajonda ushlab turdi deb o'ylayman. Uchrashuv hujumlarga boy bo'ldi. Jamoamizda yoshlar ko'pligiga qaramasdan, futbolchilar bor kuchini berib harakat qilishdi. Natija va o'yindan mamnunmiz.

- O'z o'yiningizdan ko'nglingiz to'ldimi?
- Ko'nglim to'ldi deb ayta olaman. Murabbiy oldimga qo'ygan vazifalarni bajardim deb o'ylayman.

- Qachon "Anji" safiga qaytib ketasiz?

- Bir necha kun uyda, oilam davrasida bo'lib, 21 oktyabr kuni Rossiyaga jo'nab ketaman.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia