Dilshod Sharofetdinov Malayziya superligasida dublga erishdi

Narzulla Saydullayev
11 may 2014
Malayziya superligasining 15-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Dilshod Sharofetdinov to'p tepayotgan "Sime Darbi" jamoasi o'z uyida "Saravak FA"ni qabul qilib 3:2 hisobida zafar quchdi. Quvonarlisi mezbonlar safida Sharofetdinov dublga erishdi. Hamyurtimiz 30 va 45+4-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qildi. 90+3-daqiqada Dilshod hakam tomonidan ogohlantirildi. 

"Sime Darbi" 22 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni 17 may kuni safarda chempionat peshqadami "Selangor" klubiga qarshi o'tkazadi.

"Sime Darbi" - "Saravak FA" 3:2
Gollar
: Dilshod Sharofetdinov 30, 45+4, M.Saidin 84 - Chanturu 8, Griffits 22.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia