Diego Milito Argentinaning “Rasing” klubiga qaytdi

Tolibjon Qosimov
18 iyun 2014
Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Milito faoliyatini o'z mamlakatining “Rasing” jamoasida davom ettiradi.
Futbolchi aynan shu klubda professional futbolga kirib kelgan. Rasmiy tanishtiruv marosimi 18 iyun kuniga belgilangan.

Milito “Rasing” safida 1999 yildan 2003 yilgacha to'p tepgan, shu vaqt ichida 145 bor maydonga tushib 36 golga mualliflik qilgan, 2004 yilda esa klubni tark etayotib albatta qaytishini ma'lum qilgan. Milito Italiya Supekubogi soxibi, Italiya chempioni, Yevropa chempionlar ligasi g'olibi bo'lgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com