"Derbi Kaunti" sayti Lempardning "Chelsi"ga ketganini e'lon qildi va keyinchalik xabarni o'chirib tashladi

Alisher
4 iyul 2019, 12:28
"Derbi Kaunti" jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardning "Chelsi"ga o'tganini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati rasmiy saytda bu haqda e'lon qildi.

"Frenk Lempard "Chelsi"ga ketdi", - deb yozilgan "Yangiliklar" bo'limida.

Keyinchalik esa bu xabar o'chirib tashlandi.

Eslatib o'tamiz, angliyalik mutaxassis "Derbi"ni o'tgan yilning may oyida qabul qilib olgan edi. "Derbi" Lempard qo'l ostida yakunlangan mavsum Chempionshipda 6-o'rinni egalladi.


AlisherMuallif
Manba: isport.ua