De Rossi A Seriyaga qaytish arafasida turibdi

5 iyul 2020, 01:10
Rimning "Roma" klubi afsonasi Daniele De Rossi "Fiorentina"ni boshqarishi mumkin.

Gianlucadimarzio.com xabariga ko'ra, 36 yoshli italiyalik mutaxassis "binafsharinglar" bosh murabbiyligiga asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi. Nomzodlar orasida "Inter"ning sobiq ustozi Luchano Spaletti ham borligi aytilmoqda.

Ma'lumot uchun, "Roma"dagi uzoq yillik (2002-19) faoliyatidan keyin 2019 yilning yozida "Boka Xuniors" tarkibiga qo'shilgan De Rossi yil oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.


Manba: Gianlucadimarzio.com