Davron Choriev: "Futzalchilarimiz Braziliyaga qarshi yorqin o'yin namoyish etishadi"

Sherzod Nurmatov
6 sen 2024, 18:06
O'FA matbuot xizmati Braziliyaga qarshi uchrashuv oldidan Davron Chorievning fikrlari bilan qiziqdi.

"Bugun jamoamizni muhim uchrashuv kutib turibdi. O'ylashimcha, yigitlar Braziliyaga qarshi yorqin o'yin namoyish etishadi. Jamoadoshlarim ushbu bahsga tayyor deb o'ylayman. Tarkibda yuqori texnikaga ega futzalchilar etarlicha. Ular jahonning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi uchrashuv hamda mamlakatimiz mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida O'zbekiston sharafini munosib himoya qila olishadi.

Og'ir jarohatdan tiklanish jarayoni yaxshi kechmoqda. Afsuski, xuddi men singari asosiy darvozabonimiz Ravshan Eliboev, shuningdek, yetakchi futzalchilarimiz Sunnatilla Jo'raev va Anasxon Rahmatov ham jarohat sababli tarixiy mundialda ishtirok eta olishmaydi. Biroq jamoamizni qo'llab-quvvatlaymiz, murabbiylarimiz va futzalchilarimizga ishonamiz. Olg'a, O'zbekiston!",  dedi Choriev.

O'zbekiston futzal termasining JCH uchun qaydnomasi ma'lum!


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати