Davron Choriev: "Xudo xohlasa, chempion bo'lishga harakat qilamiz"

Sherzod Nurmatov
29 sen 2022
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Tojikiston – O'zbekiston (2:3) uchrashuvidan so'ng termamiz yetakchilaridan biri Davron Choriev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'zbekiston keyingi bosqichga yo'l oldi. Hissiyotlar qanaqa?

- Albatta, g'alabadan juda ham xursandmiz. G'alaba doimo hammamizga quvonch bag'ishlaydi. Butun O'zbekiston ahlini ushbu g'alaba bilan muborakbod etamiz. Bu muvaffaqiyat keyingi o'yinimizga katta ta’sir o'tkazadi. Xudo xohlasa, guruhdan 1-o'rin bilan chiqamiz va chempion bo'lishga harakat qilamiz. 

- Bugungi g'alabaning kaliti nimada bo'ldi?

- Butun e'tiborimizni bugungi bahsga qaratib, yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ikkinchi taymda ozgina bo'shashdik, shu tufayli o'yinimiz qovushmadi. Asosiysi, g'alaba qozondik.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia