David Luisga 34 mln. funtlik shartnoma taklif qilishdi

Aslanov Jasurbek
5 apr 2019, 17:39
"Chelsi" himoyachisi David Luis Qatar klubining taklifini qabul qilmay, o'z klubi bilan yangi shartnoma borasida muzokara o'tkazishni maqul ko'rdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Qatar klubi haftasiga 130 ming funt oladigan 32 yoshli futbolchiga 7 kunda 220 ming funt ishlab topishi mumkin bo'lgan bitim taklif qildi, ammo futbolchi taklifni rad etdi.

Braziliyalik futbolchi Qatar klubi taklifini qabul qilganda umumiy hisobda 34 mln. funt (40 mln. evro) ishlab olishi mumkin edi. Himoyachiga "Palmeyras" qiziqish bildirmoqda, biroq futbolchining o'zi London klubida qolishni istayapti.

David 2016 yilning yozida PSJdan "Chelsi"ga qaytgan edi. Futbolchi 2011-2014 yillarda "ko'klar" sharafini himoya qilgan. Luisning London klubi bilan shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Evening Standard