Chicharito "Los-Anjeles Gelaksi"dan ketadi

Mirjalol Normatov
29 okt 2023
"Los-Anjeles Gelaksi" futbolchisi Xaver Ernandes jamoasidan kyetishini ma'lum qildi.

"Qaysi jamoalar taklif bilan chiqishiga qarayman, ammo aniq bilamanki, yana bir mavsum o'ynay olaman. Jarohatdan tiklanish jarayoni davom etyapti. Yana 2-3 oydan keyin maydonga qaytaman", - dedi Ernandes "Fox Sports" nashriga.

Meksikalik futbolchi tizzasidan jiddiy jarohat olib, fevral oyiga qadar safdan chiqqandi. Uning klubi bilan shartnomasi 2023 yil dekabriga qadar davom etadi va shundan keyin u o'ziga yangi jamoa qidiradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox Sports