

London klubi bugun Liam Rosenorni iste'foga chiqardi. 41 yoshli mutaxassis 100 kundan sal ko'proq ishladi.
2016 yil boshidan beri “Chelsi”ni Gus Hiddink, Antonio Konte, Mauricio Sarri, Frenk Lempard, Tomas Tuxel, Grem Potter, Maurisio Pochettino va Enco Mareska kabi mutaxassislar ham boshqargan. Bosh murabbiy vazifasini vaqtincha bajaruvchilar hisobga olinmaganda murabbiylar soni o'n nafarni tashkil qiladi.
Bu yillar davomida “Chelsi” Angliya chempionati va kubogi, Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferenciyalar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida (ikki marta) g'alaba qozondi.



