"Chelsi" Zumani endi ijaraga bermaydi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014
Londoning "Chelsi" klubi o'zining 19 yoshli himoyachisi Kurt Zumani ijaraga berish fikridan qaytdi.
Futbolchi mavsumoldi mashg'ulotlar vaqtida Joze Mourinyoda yaxshi taassurot qoldirdi. Shu bois murabbiy unga "ko'klar"ning asosiy jamoasida o'ynash imkonini bermoqchi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" Zumani qishda "Sent-Eten"dan sotib olgandi. Mavsumning ikkinchi qismini Fransiya klubida ijarada o'tkazgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru