"Chelsi" va "Tottenxem" "Borussiya" yarim himoyachisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
28 may 2021, 09:50
"Chelsi" va "Tottenxem" Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Yonas Xofmannga qiziqmoqda.

28 yoshli nemis yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. "Borussiya" futbolchi bilan 15 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.

Xofmann 2020/21 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 13ta assist qayd etdi.

Transfermarkt futbolchini 16 million evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Sport1