"Chelsi" "Renn" himoyachisi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishdi – Romano

Khoja
19 yanv 2026, 10:43
Londonning "Chelsi" klubi "Renn" himoyachisi Jeremi Jake bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano o'z X sahifasida ma'lum qildi.

Ma'lumotga ko'ra, 20 yoshli futbolchi "Chelsi"ga o'tishga tayyor, ammo klublararo muzokaralar davom etmoqda. "Renn" futbolchi uchun 65 million evro talab qilmoqda.

Jeremi Jake "Renn" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda Fransiya chempionatida 16 ta o'yinda maydonga tushdi va barchasida asosiy tarkibda o'ynadi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor narxi 20 million evroni tashkil qiladi.


KhojaMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano