"Chelsi" "Renn" darvozaboni uchun 20 mln evro taklif qildi

Alisher
30 avg 2020, 13:58
"Chelsi" darvozabon qidirmoqda.

Murabbiy Frenk Lempardni Kepa Arrisabalaganing o'yini qoniqtirmayapti, shu sabab u yangi darvozabon bilan shartnoma imzolamoqchi.

"Chelsi" "Renn" darvozaboni Eduar Mendi uchun da'vogarlik qilmoqda. Londonliklar futbolchi uchun taklif tayyorlashgan va bunga rad javobini olishgan.

"Chelsi" "Renn"ga 20 million evro miqdoridagi yangi taklifni jo'natdi. Fransiya klubi hali bu taklifga javob bermadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal.com France