"Chelsi" bosh murabbiyi Makfarleyn: "Menda Pro licenziyasi yo'q, lekin yigitlar meni hurmat qilishadi"

Sherzod Nurmatov
27 apr 2026, 12:45
"Chelsi" vaqtinchalik murabbiyi Kalum Makfarleyn London jamoasi kiyinish xonasidagi muhit haqida fikr bildirdi.

U 22 aprel kuni Liam Rosenor ishdan bo'shatilganidan so'ng mavsum oxirigacha murabbiy etib tayinlangandi. Yanvar oyida Makfarleyn Enco Mareska ketganida ham jamoani ikkita o'yinda boshqargandi.

"Menda Pro licenziyasi yo'q. O'tgan safar bu muhim ahamiyat kasb etmagan va men yigitlarning hurmatiga sazovor bo'lgandim", – dedi Makfarleyn.

Liga qoidalari vaqtinchalik murabbiyga jamoani Pro licenziyasiz 12 haftagacha boshqarishga imkon beradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail