"Buxoro" – "Sho'rtan" uchrashuvi neytral maydonda o'tadi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025
Superliga 14-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Sho'rtan" o'yini 29 iyun kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.

"Buxoro" klubining uy stadioni mavsumga tayyor bo'lmaganligidan kelib chiqib, u raqibini "Dinamo" stadionida qabul qilish bo'yicha kelishuvga erishgan. Klublarning U-21 jamoalari ishtirokidagi bellashuv esa Buxoroda o'tkaziladi", – deyiladi Professional futbol ligasi xabarida.

Avvalroq 2 iyul kungi "Xorazm" – "Navbahor" o'yini Jizzax shahrida o'tkazilishi ma'lum qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz