

Bugun Abramov boshchiligidagi jamoa ushbu yig'in davomidagi so'nggi o'rtoqlik-nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Raqibimiz BAA Pro ligasi vakili Ajman jamoasi.
Jamoa Ajman amirligida joylashgan. Ajman o'z uy o'yinlarini Ajman Stadiumda o'tkazadi. Klub “Etisalat Emirates Cup 2013” kubogi soxibi. Ajman takribida gvineyalik Saymon Feynduno, Boris Kabi (Kot D’Ivuar, jamoa sardori), Ahmad Ibrohim Halaf (Iroq), Bakari Kone (Kot D’Ivuar) kabi legioner futbolchilar jamlangan.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Ushbu o'yin bilan jamoamiz BAAda davom etgan 10 kunlik yig'inni yakunlab ertaga poytaxtimizga qaytib keladi.


