Bugun O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Guamga qarshi maydonga tushadi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2018
Bugun O'zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Shri-Lankada bo'lib o'tayotgan Osiyo chempionatining saralash bosqichidagi ikkinchi o'yinini Guam U-16 ayollar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yin Kolombo shahridagi City Football Games stadionida Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi. Ushbu o'yinda terma jamoamiz vakillari ko'k rangli libosda maydonga tushishadi.

Eslatib o'tamiz, birinchi bahsda Ilhom Xanjariev jamoasi Iordaniyaga qarshi maydonga tushib durangga imzo chekkan edi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz