

“Bunday sharoitda futboldan zavq olish juda qiyin bo'ladi. Futbolchilarga kerakli so'zlarni aytishga harakat qildim. Yakshanbadagi voqealardan so'ng men futbolchilar bilan ko'proq bo'lishga va ular bilan suhbat qurishga harakat qildim. Menimcha, ular bor kuchlari bilan harakat qilishdi.
Men Potter bilan yaqin do'st edim, uni kyetishi menga qiyinchilik tug'dirmoqda. Uni yo'qligi bilinmoqda, biroq men bor kuchim bilan ishlashga harakat qilmoqdaman. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, gol ham urdik, biroq ofsayd ekan. Futbolchilarda sekin sekin hammasi o'xshamoqda, bu esa odamni xursand qiladi.
Biz raqibga hech qanday imkoniyat yaratishga yo'l qo'ymadik. Ular hujum qilishga harakat qilishdi, men himoyachilarimning o'ynidan xursandman. Biz mavsum yakuniga yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Mavsum qiyin o'tmoqda. Shunga qaramay futbolchilar yaxshi harakat qilishga intilishmoqda”,-dedi Bruno Saltor.



