Brendan Rojers: Manchester Sitiga ikkita golni sovg'a qildik

Narzulla Saydullayev
26 avg 2014, 08:56
Liverpul ustozi Brendan Rojers APL 2-turidan o'rin olgan Manchester Sitiga qarshi o'yindan so'ng (1:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Birinchi golga qadar biz Manchester Sitidan yaxshiroq o'ynadik. Keyin raqibga ikkita gol sovg'a qildik. Ikkinchi golda ular yaxshi kombinaciya tashkil qilishdi, uchinchisiga esa to'lig'icha bizning xato golga aylandi. Bu o'yinda yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilishimiz kerak.

Yangi kelgan futbolchilar jamoaga moslashib olishlari kerak.

Balotelli kelganidan xursandman. U bilan ish boshlashni sabrsizlik bilan kutayapman. Suares klubni tark etdi, endi Mario Liverpulga yordam berishi kerak, – deydi Rodjers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru