
Uchrashuvning 54-daqiqasida "Mamore" futbolchisi Davi gol urganidan so'ng "Uberlandiya" o'yinchilarini og'zaki haqorat qildi, bu esa ommaviy mushtashuvga olib keldi.
Hodisa yakunlariga ko'ra, bosh hakam Fernando Patrik "Mamore"ning 21 nafar va "Uberlandiya"ning 22 nafar futbolchisini maydondan chetlatdi. Bundan tashqari, ikkala tomondan sakkiz nafar murabbiy va ikki nafar menedjer qizil kartochka oldi - jami 53 kishi.
Sodir bo'lgan voqeadan so'ng referi uchrashuvni "Mamore" foydasiga 3:1 hisobida to'xtatishga qaror qildi. Protokolda hakam o'yinni davom ettirishning imkoni bo'lmay qolganini qayd etdi. Shuningdek, Patrik "Uberlandiya" menedjeri tomonidan bo'lgan tahdidlar sababli policiyaga ariza berilganini ma'lum qildi.
Ushbu o'yin qizil kartochkalar soni bo'yicha jahon futbolida rekord o'rnatdi. Bunga qadar eng ko'p chetlatishlar soni 36 tani tashkil etgan - rekord ko'rsatkich 2011 yil 27 fevral kuni Argentina chempionati beshinchi divizionining "Atletiko Kleypol" va "Viktoriano Arenas" jamoalari o'rtasidagi o'yinda qayd etilgan edi.