Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Fred MYUga o'tadi. Bu aniq"

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2018, 09:00
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite "Manchester Yunayted"ning "Shaxter" vakili Fredga qiziqishi haqida gapirdi.

"Bu transfer aniq amalga oshadi. Mourinyo bizga maslahatlar so'rab keladi. Shundan keyingina Fred terma jamoa haqida o'ylay boshlaydi. Agar men klub menejeri bo'lganimda uni sotib olishni so'ragan bo'lardim", - deydi Tite.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com