Belsa tez orada boshqa jamoada ish boshlashi mumkin

Eldor Akmurzayev
1 mar 2022
Avvalroq, “Lids” oxirgi o'yinlardagi qoniqarsiz natijalar tufayli Marselo Belsani iste'foga chiqargani haqida xabar bergandik.

“Fenerbahche” argentinalik mutaxassisni o'z jamoasiga olib kelmoqchi. Hozircha turk klubi Belsaga rasmiy taklif bilan chiqmadi, ammo tez orada muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.

66 yoshli mutaxassis 2018 yildan beri “Lids”ni boshqarib kelayotgandi. “Fenerbaxche” Turkiya Superligasi 27 turidan keyin 46 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Hurriyet