Yangi yil bayrami munosabati bilan kichik tatilga chiqqan o'yinchilarning barchasi murabbiylar ixtiyoriga yetib kelishdi. Rahbariyat tomonidan berilgan ma'lumotlarga ko'ra bu yilgi mavsumda jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmayapti. O'z navbatida bekobodliklar safida to'p surish istagidagi futbolchilar ham Toshkent viloyati industrial markaziga tashrif buyurgan. Biroq Ayubxon No'monov hamda Ruslan Vagapovlar bilan shartnomani rasmiylashtirishga ikkala tomon ham shoshilmayapti. Sababi “Metallurg” jamoasi hali futbolchilari bilan o'tgan yilgi hisob-kitoblarni to'liq amalga oshirib ulgurmagan. Shu bois shartnoma tuzishga ko'rikdagi o'yinchilar shoshilishmayapti desak, mubolag'a bo'lmaydi. Klub rahbariyatining ma'lum qilishicha Yangi yil arafasida soliq to'lovlari bo'yicha qarzlar to'lab bo'lingan. Endi navbat futbolchilar hamda murabbiylar bilan hisob-kitob ishlari. Undan keyin albatta jamoaga qo'shiladigan va uni tark etadigan o'yinchilar bilan bog'liq masalalar ham uzil-kesil oydinlashadi.
Bu yil “Metallurg”ni bir qator faxriy o'yinchilar tark etishi ehtimoli yo'q emas. Shuningdek, avval xabar berganimizdek, jamoa to'purari Shahzodbek Nurmatov bilan Bahraynning “Al Riffa” jamoasi qiziqayapti. O'tgan mavsum sermahsullikda Nurmatovdan qolishmagan Sunnatilla Mamadaliev ham xorij klublaridan biriga ko'rikka ketgan. Jamoa o'zgarishlar haqida muxlislarimizga tez orada yana ma'lumotlar berib boramiz.