"Bavariya" Mane uchun 32 mln. evro va bonuslar xohlayapti

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2023
Sadio Mane "Bavariya"da qolmoqchi, ammo...

Ma'lumotlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel vingerni o'z rejalariga qo'shmayapti.

Germaniya chempionlari senegallikning narxini oshirishdi va endi uni xarid qilmoqchi bo'lgan klub 32 mln. evro va bonuslar to'lashi kerak.

31 yoshli futbolchi boshqa jamoaga ketmoqchi emas, ammo uning vakillari Saudiya Arabistoni klublari bilan muzokaralar o'tkazishmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany