"Bavariya" Flikni qolishga ko'ndirmoqchi

Alisher
26 apr 2021
"Bavariya" bosh direktori Karl-Xaync Rummenigge hali ham myunxenliklar bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan jamoani keyingi mavsum ham boshqarish bo'yicha kelishuvga erishish mumkin deb hisoblaydi.

"Biz o'tirib suhbatlashishga kelishib oldik. Agar biz Flikning so'rovlariga javob berishni xohlasak, unda barcha klub uchun ham mos keladigan echimni topish uchun birgalikda ishlashi kerak", - deydi Rummenigge.

Oldinroq Flik "Bavariya"dan ketmoqchi ekanligini rasman ma'lum qilgan edi.

Takidlash kerakki, mutaxassisning "Bavariya" bilan yana 2 yillik bitimi bor.


AlisherMuallif
Manba: Bild