“Bavariya” “Atletiko” futbolchisi uchun kurashga qo'shildi

30 apr 2020, 09:38
Tomas Parti Myunxen klubi nishonida.

“Atletiko” yarim himoyachisi Tomas Parti faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga “Bavariya” jiddiy qiziqib qoldi. Myunxenliklar ganalik futbolchiga jamoani yozda tark etadigan Xavi Martinesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Parti joriy mavsum “Atletiko” safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Uning transferi 40 mln evroga baholanmoqda.


Manba: Modern Ghana