“Barselona“ning yozdagi asosiy transfer maqsadi ma'lum

Khoja
17 may 2025, 09:00
“Liverpul“ vingeri Luis Diac “Barselona“ning yozdagi asosiy transfer maqsadi bo'lib turibdi.

Kataloniya klubi 28 yoshli futbolchini jamoani vinger Rafinyaga qaramlikdan xalos eta oladigan futbolchi sifatida ko'rmoqda, deb xabar beradi Relevo. Ma'lumotlarga ko'ra, ingliz jamoasi futbolchini 80 million evroga baholagan.

Joriy mavsum kolumbiyalik futbolchi 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 17 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


KhojaMuallif
Manba: Relevo