

Uchrashuv mezbonlarning mutlaq ustunligida o'tdi va 7:0 hisobidagi yirik natija bilan yakunlandi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Abdulla Abdullaev mehmonlar safida uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va o'yinda to'liq ishtirok etdi. Mehmon jamoa vakillari bahs davomida ikki kishi kam bo'lib qolishdi.
BAA, 13-tur
"SHABAB AL-AHLI" - "DIBBA AL-FUDJAYRA" 7:0
"Shabab Al Ahli": Hassan Al-Mekbaali, Kauan Santos, Bogdan Planich, Igor, Rikelme, Said Ezzatollahi, Breno, Federiko Kartabiya, Al-Mansuri, Yahyo Al-G'assani, Mateusao.
"Dibba Al Fujayra": Muhammad Al-Rovayhi, Uchino, Yago, Xaled, Gilmario, A. Xamis, Saymon Kabral, Abdulla Abdullaev, Karlinos, Meme, Al-Balushi.



