Aziz Haydarov va Sardor Rashidov ham Toshkentda

Narzulla Saydullayev
29 avg 2015, 18:46
O'zbekiston milliy terma jamoasining yig'ini davom etmoqda.

Bugungi mashg'ulotlarga Server Jeparov qo'shilgani haqida xabar bergandik. Mashg'ulot davom etayotgan bir paytda ikki legionerimiz BAAning "Al Shabab" klubi a'zosi Aziz Haydarov va Qatarning "Al Jayish" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov "Jar" stadioniga tashrif byuurishdi. Biroq ular bugun yurtimizga kelishgani bois mashg'ulotlarni ertadan boshlashadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Yaman uchrashuvi 3 sentyabr kuni soat 19:00da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia