Azamat Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2017, 11:18
Azamat Abduraimov jahon termasida Mendeta va Krespo bilan birga o'ynaydi 5-6 avgust kunlari Qozog'istonning Astana shahrida EKSPO-2017 faxriylar turniri bo'lib o'tadi.

Bu turnirda oltita jamoa ishtirok etadi. Bular - Rossiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Qozog'iston va jahon futboli yulduzlar termasi. Hamyurtimiz Azamat Abduraimov ham turnirda ishtirok etish bo'yicha taklif olgan va u jahon termasi safida maydonga tushadi.

Abduraimov jahon termasida Gaiska Mendeta, Ernan Krespo kabi sobiq yulduzlar bilan birga o'ynaydi. Bundan tashqari, Muhsin Muhammadiev, Aleksandr Shovkovskiy, Jan-Per Papen, Yari Litmanen, Vinsen Kandela va boshqa sobiq futbolchilar ham musobaqaga taklif etilgan.

EKSPO-2017 faxriylar turniri Moskvadagi "Afsonalar Kubogi" tomonidan tashkil etiladi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia