Ayollar futboli. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi OCH saralashlariga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 18:38
OFK kuzda bo'lib o'tadigan saralash musobaqalariga qur'a tashladi.
Bu haqda O'FF rasmiy tvitteri xabar berdi.

Unga ko'ra ayollar bo'yicha o'smirlar terma jamoamiz "B" guruhida Shri-Lanka, Bahrayn, Qirg'iziston va Tojikiston bilan kurash olib borishadi. Ushbu saralash bahslari 4-13 oktyabr kunlari Shri-Lankada bo'lib o'tadi.

Yoshlarimiz esa Iordaniya, Hindiston va Livan bilan "A" kvartetidan joy olishdi. 5-9 noyabr kunlari bo'lib o'tadigan saralash bahslariga Iordaniya mezbonlik qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia