Aurelio De Laurentis: Napolining hujum chizig'i 250 million evro turadi

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2014, 13:27
Napoli prezidenti Aurelio De Laurentis muxlislar bilan suhbatda jamoa haqida o'z fikrlarini bildirdi.
33ta gol urgan Edinson Kavanini sotganimizdan keyin ham Italiyada ikkinchi bo'ldik, buning uchun Rafa Benitesga rahmat. Jamoa uslubi o'zgardi

Hozirda raqobatchilar o'z tarkiblarini kuchaytirishmoqda. Biroq bizning hujum chizig'imiz allaqachon 250 million evro turadi. Kulish kerakmas, sababi o'tgan mavsum biz 104ta gol urdik.

Napoli Jahon chempionatiga 18 nafar futbolchini yubordi, ularning uchtasi finalda o'ynadi.

Biz hali tarkibni kuchaytiramiz, ko'plab musobaqalarda ishtirok etishmiizni ham inobatga olish kerak, – deydi De Laurentis.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru