"Atletiko" xavbeki Partining uyiga o'g'ri tushdi. Bugun u "Lokomotiv"ga qarshi bahsda o'ynashi kerak

Alisher
1 okt 2019, 12:22
"Atletiko" yarim himoyachisi Tomas Partining uyi noma'lum kimsalar tomonidan talon-taroj qilindi.

Voqea Madrid yaqinida joylashgan Boadile-del-Monte shaharchasida ro'y berdi.

Ganalik futbolchi bu vaqtda CHL doirasidagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda ishtirok etish uchun Moskvaga yetib kelgan edi.

O'g'rilik paytida xona xizmatchisi uyda bo'lgan.

Unga hech qanday ozor etkazilmagan, faqatgina xizmatchini qo'rqitib, pullar va qimmatli narsalarni o'marishgan.


AlisherMuallif
Manba: COPE