"Atalanta" "Milan" futbolchisini sotib oldi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2024, 15:08
Sharl de Ketelare endi "Atalanta"da ijara futbolchisi sifatida o'ynamaydi.

Bergamo klubi "Milan" yarim himoyachisini sotib olgani haqida ma'lum qildi. "Atalanta" Ketelareni 22 mln. evroga sotib oldi.

Futbolchi so'nggi mavsum "Atalanta" safida ijara asosida to'p tepgan edi. Belgiyalik A Seriyada 35ta bahsda maydonga tushib, 10ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: atalanta.it