Artur Gevorkyan: "Nasaf"da qolish yoki qolmasligim haqidagi savolni ochiq qoldiraman"

Narzulla Saydullayev
19 dek 2013, 13:17
Qarshining "Nasaf" klubi yetakchisi Artur Gevorkyan axborot hamkorimiz "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.
Suhbat davomida Gevorkyan "Nasaf"da qolish yoki qolmasligi borasidagi savolga aniq javob bermadi.

- Ayni paytda ko'pchilikni sizning taqdiringiz qiziqtirmoqda. Faoliyatingizni yana "Nasaf"da davom ettirasizmi?
- Keling, yaxshisi, qolish yoki ketish to'g'risidagi bu savolni ochiq qoldirsak. Chunki bu haqda hozir hech nima ayta olmayman. Qolaversa, tatilan keyin men yana Qarshiga keldim, demak hamon jamoadaman. Undan keyin nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi.

- OCHL pley-off bosqichidan muvaffaqiyatli o'tish uchun "Nasaf" ham tarkibni kuchaytirishi kerakmi?
- Bu savolingizga mendan ko'ra mutasaddilar aniq javob berishsa kerak. Chunki bizda o'z ishini yaxshi bajaradigan rahbariyat va murabbiylar shtabi bor. Menimcha, ular hammasini o'ylab qo'yishgan.

B.Tursunov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia