"Arsenal" va "Liverpul" 60 million evrolik o'yinchi uchun kurashmoqda

Alisher
17 apr 2024, 14:54
"Ayntraxt" (Frankfurt) himoyachisi Villian Pacho APL top-klubiga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Florian Plettenbergning xabariga ko'ra, o'yinchi bilan shartnoma imzolashga "Arsenal" va "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Nemis tomoni agar 50-60 million evro taklif qilinsa, futbolchini sotishga tayyor.

22 yoshli ekvadorlik himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal