"Arsenal" "Roma"dan Jaka uchun 20 million evro olmoqchi

Alisher
30 may 2021, 12:12
"Arsenal" yarim himoyachi Granit Jaka uchun "Roma"dan qancha mablag' olmoqchi ekanligi ma'lum.

"Kanonirlar" 28 yoshli shveytsariyalik futbolchi uchun 20 million talab qilmoqda.

Futbolchiga qiziqish bildirayotgan "Roma" o'yinchi uchun 13 million evro taklif qildi, ammo londonliklar taklifga rad javobini berishdi.

Jaka 2020/21 yilgi mavsum "Arsenal" safida 45ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport