Arauxoning tovon puli qanchaligi ma'lum bo'ldi

Alisher
5 fev 2025, 15:02
Klublar "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni qancha pul evaziga sotib olishi mumkinligi ma'lum bo'ldi.

Arauxoning "Barselona" bilan yangi bitimida tovon puli 65-70 mln evro etib ko'rsatilgan. Shu bilan birga, u "Barselona"ning Chempionlar ligasidagi to'g'ridan-to'g'ri raqobatchilariga taaluqli emas.

Qayd etilishicha, Arauxoni muzokaralarsiz faqatgina Saudiya Arabistoni klublari, shuningdek APLning ayrim vakillari xarid qilishi mumkin.

25 yoshli urugvaylik joriy mavsum barcha musobaqalarda 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport