

Bu haqda har ikki jamoa o'zaro kelishuvga erishdi va birgalikda Ligaga murojaat qildi. Avvalroq uchrashuv 6 iyul kuni bo'lib o'tishi e'lon qilingandi.
"Aral" jamoasi uy o'yinlarini o'tkazayotgan stadionda VAR texnikasidan foydalanish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, stadionda talab darajasidagi projektor yo'q, iyul ob-havosi sun'iy maydonga ham o'z ta’sirini o'tkazadi. Mazkur holat nafaqat "Paxtakor", balki "Aral" futbolchilari uchun ham noqulaylik keltirib chiqaradi. Shundan kelib chiqib, har ikki klub masalani o'zaro hal qildi", – deyiladi O'zPFL xabarida.



