

"A Bola" nashrining yozishicha, futbolchiga Angliya Premer-ligasining bir qancha top-klublari qiziqish bildirishmoqda.
Futbolchiga da'vogarlar ro'yxatida "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari bor. Shuningdek, da'vogarlardan biri Silvaning transferi uchun taxminan 60 million evro to'lashga tayyorligi qayd etilgan.
Antoniu joriy mavsum Portugaliya Primeyrasining 9 ta o'yinida qatnashdi va 2 ta gol urdi.



